"Valensiya" safarda La Liga 20-turidan o'rin olgan uchrashuvda "Xetafe"ni mag'lub etdi - 1:0.

Uchrashuvdagi yagona gol 84-daqiqada mehmonlar himoyachisi va sardori Xose Gayya tomonidan kiritildi.

O'yinning 90+8-daqiqasida "Valensiya" hujumchisi Ugo Duro qizil kartochka oldi.

"Valensiya" ochkolarini 20taga etkazib, Ispaniya chempionati turnir jadvalida 17-o'rinda, "Xetafe" 21 ochko bilan 15-pog'onada bormoqda.

Xetafe - Valensiya - 0:1

Gollar: Xose Gayya, 84 (0:1)

Xetafe: Soriya, Dakonam, Duarte, Riko, Iglesias, Milya, Martin (Mestansa, 86), Arambarri, Liso (Xuanmi, 72), Munos (da Kosta, 86), Satriano

Valensiya: Dimitrievski, Kopete, Tarrega (Santamariya, 30), Xose Gayya, Fulke, Pepelu, Ugrinich (Iranso, 87), Beltran (Gerra, 87), Gruneveld (Sadik, 61), Rioxa, Duro (Diego Lopes, 61)

Ogohlantirishlar: Duarte, 51. Liso, 68 - Sadik, 63. Xose Gayya, 81. Ugrinich, 87