"Atletiko" Ispaniya chempionatining 14-turida o'z maydonida "Ovedo"ni mag'lub etdi - 2:0.

G'oliblar safida norvegiyalik hujumchi Aleksandr Syorlot dubl qayd etdi - u 16 va 26-daqiqalarda gol urdi.

"Atletiko" Ispaniya chempionati turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda - jamoa 14 o'yindan keyin 31 ochko to'plagan. "Ovedo" 14 o'yindan so'ng 9 ochko bilan turnir jadvalini yakunlab berdi.

15-turda "Atletiko" 6 dekabr kuni "Atletik" mehmoni bo'lsa, "Ovedo" 5 dekabr kuni "Malorka"ni qabul qiladi.

La Liga. 14-tur

30 noyabr, 01:00. «Riyadh Air Metropolitano» (Madrid)

Atletiko - Real Ovedo - 2:0

Gollar: Syorlot, 16 (1:0). Syorlot, 26 (2:0)

Atletiko: Oblak, Langle, Gantsko, Pubil, Gonsales (Ximenes, 87), Molina, Koke (Raspadori, 75), Gallaxer, Baena (Simeone, 46), Grizmann (Barrios, 63), Syorlot (Alvares, 63)

Ovedo: Eskandel, Kostas, Karmu (Kalvo, 61), Alxasseyn, Vidal, Dendonker, Kasorla (Edjaria, 75), Xassan (Reyna, 82), Kolombatto (Ilich, 82), Vinyas, Rondon (Fores, 75)

Ogohlantirishlar: Karmu, 54

Hakam: Verdura (Ispaniya)

Manba: www.stadion.uz.