La Liga. “Sevilya” o'z maydonida “Elche” bilan durang qayd etdi

Ispaniya chempionatining 4-turida “Sevilya” o'z maydonida “Elche”ni qabul qildi.
O'yin 2:2 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi.
Bu natijadan so'ng andalusiyaliklar 4 ochko bilan 11-o'rinda bormoqda. “Elche” esa 6 ochko bilan 6-pog'onani egallagan.
La Liga.4-tur
"Sevilya" - "Elche" 2:2
Gollar: Romero, 28 Peke, 85 – Silva, 54 Mir, 70