Ispaniya chempionatining 5-turida “Sevilya” klubi safarda “Alaves”ga qarshi o'ynadi.

Bahs “Mendisorrosa” o'yingohida bo'lib o'tdi. Uchrashuv 2:1 hisobida andalusiyalik futbolchilarning g'alabasi bilan yakunlandi.

Dastlab Ruben Vargas mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 17-daqiqada Karlos Vinsente penaltidan muvozanatni tikladi. 67-daqiqada Aleksis Sanches jamoaning g'alaba goliga mualliflik qildi.

Shu tariqa, “Sevilya” La Liga turnir jadvalida 7 ochko bilan 8-o'rinda bormoqda. “Alaves” esa 7 ochko to'plagan holda 9-pog'onani egallagan.