La Liga. "Real" va "Atletik Bilbao" birorta o'yinda ochko yo'qotmay qo'shhokimlik qilmoqda (foto)

"Barselona" La Liga peshqadamlaridan 2 ochko ortda qolmoqda.
"Rayo Valekano" (1:1) bilan durangdan so'ng, Xans-Diter Flik jamoasi 7 ochko to'plagan holda to'rtinchi o'rinni egallab turibdi.
"Real" va "Atletik Bilbao" 9 ochkodan jamg'arishdi. "Vilyarreal" hisobida 7 ochko va qo'shimcha ko'rsatkichlar bo'yicha "blaugrana"dan ustunlik bor. Shuningdek, "Espanol" ham 7 ochko to'pladi - u beshinchi o'rinda.
"Atletiko" ikki durang va bir mag'lubiyatdan so'ng 16-o'rinda, "Real Sosedad" esa xuddi shunday natijalar bilan 17-o'rinda bormoqda.

Manba: www.stadion.uz.