La Liga: «Real Ovedo» muddatidan oldin Segundaga ravona bo'ldi

«Real Ovedo» Segundaga qaytdi.
Bu «Rayo Valekano» hamda «Jirona» (1:1) jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng ma'lum bo'ldi. Hozirda «Ovedo» 29 ochko bilan 20-o'rinda bormoqda va 39 ochko bilan 17-pog'onani egallab turgan «Jirona»ga etib olish imkoniyatini butunlay yo'qotdi.
Ushbu mavsum «Ovedo» uchun 2001 yildan beri yuqori diviziondagi ilk mavsum edi.