La Liga. «Real» «Barsa»ni mag'lub etdi

"Real" o'z maydonida La Liga 10-turidan o'rin olgan uchrashuvda "Barselona"ni mag'lub etdi - 2:1.
Uchrashuvning 22-daqiqasida "Real" forvardi Kilian Mbappe hisobni ochdi. Javob golini 38-daqiqada kataloniyaliklar yarim himoyachisi Fermin Lopes kiritdi. Madridliklarning ikkinchi to'pini 43-daqiqada yarim himoyachi Jud Bellingem kiritdi.
O'yinning 52-daqiqasida "Barselona" himoyachisi Erik Garsiyaning qo'liga to'p tekkach, hakam Sesar Soto Grado tomonidan belgilangan penaltini Mbappe aniq amalga oshira olmadi. Kataloniyaliklar darvozaboni Voytsex Shesni 26 yoshli frantsuzning zarbasini qaytardi.
Bundan tashqari, hakam Mbappening ikkita golini ofsayd tufayli bekor qildi.
"Real" ochkolarini 27 taga etkazib, Ispaniya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda, "Barselona" 22 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda.
La Liga. 10-tur
26 oktyabr, yakshanba, 20:15
Real - Barselona - 2:1
Gollar: Mbappe, 22 (1:0). Fermin Lopes, 38 (1:1). Bellingem, 43 (2:1)
Foydalanilmagan penalti: Mbappe, 52’
Real: Kurtua, Eder Militau, Xeysen, Karreras, Valverde (Karvaxal, 72), Kamavinga, Tchuameni, Vinisius Junior (Rodrigu, 72), Arda Gyuler (Dias, 66), Bellingem (G. Garsiya, 90), Mbappe (Sebalos, 90+1)
Barselona: Shesni, Kubarsi (Bardji, 84), E. Garsiya (Arauxo, 74), Balde (Martin, 90+7), Kunde, de Yong, Fermin Lopes, Pedri, Reshford, Yamal, Torres (Kasado, 74)
Ogohlantirishlar: Valverde, 23. Xeysen, 57 - Pedri, 42. Fermin Lopes, 90
Chetlatish: Pedri, 90 (ikkinchi sariq kartochka)