La Liga prezidenti Xaver Tebas Lamin Yamalning kelajakda «Oltin to'p» sohibiga aylanishiga ishonch bildirdi.

18 yoshli «Barselona» hujumchisi France Football so'rovnomasi 2-o'rinni egalladi. Asosiy sovrin esa «PSJ» futbolchisi Usmon Dembelega topshirildi. Yamal esa ketma-ket ikkinchi bor yilning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topilib, Raymon Kopa nomi bilan ataluvchi sovringa sazovor bo'ldi.

«Lamin Yamal — shunchaki uning nomini tilga olsak... Agar unga 23 yoshdan ko'proq bo'lganida, u ham «Oltin to'p»ni yutgan bo'lardi, bunga ishonchim komil. Ammo u yoshligi tufayli boshqa sovrinni oldi.

Agar shu darajada o'ynashda davom etsa, nazarimda, u davom etadi, hech shubha yo'qki, u «Oltin to'p»ni qo'lga kiritadi», — dedi La Liga rahbari.

Manba: sports.ru