"Real" Ispaniya chempionatining 2-turida "Ovedo" mehmoni bo'ldi va 3:0 hisobida g'alaba qozondi.

Kilian Mbappe dubl qayd etgan bo'lsa, yana bir gol Vinisius Junior hisobiga yozildi.

"Qaymoqranglilar" 6 ochko bilan turnir jadvalida "Barselona" bilan tenglashdi. Kataloniyaliklar to'plar nisbatiga ko'ra peshqadam bo'lib turibdi.

Manba: www.stadion.uz.