La Liga mavsumning ramziy terma jamoasini e'lon qildi

Ispaniya La Ligasi matbuot xizmati joriy mavsumning ramziy terma jamoasini taqdim etdi. Ro'yxatdan jami 19 nafar futbolchi joy oldi.
Mavsumning eng yaxshilaridan iborat asosiy tarkib quyidagicha ko'rinish oldi:
-
Darvozabon: Joan Garsiya («Barselona»);
-
Himoyachilar: Lorente («Atletiko»), Mourino («Vilyarreal»), Erik Garsiya («Barselona»), Romero («Espanol»);
-
Yarim himoyachilar: Orelen Tchuameni («Real»), Federiko Valverde («Real»), Pedri («Barselona»);
-
Hujumchilar: Lamin Yamal («Barselona»), Kilian Mbappe («Real»), Vedat Muriki («Malorka»).
Zaxira tarkibi: Kurtua («Real»), Kubarsi («Barselona»), Pubil («Atletiko»), Milya («Xetafe»), Fornals («Betis»), Moleyro («Vilyarreal»), Rafinya («Barselona»), Oyarsabal («Real Sosedad»).