La Liga klublarining yangi maosh xarajatlari e'lon qilindi

La Liga klublar uchun yangi xarajatlar limitini e'lon qildi.
Tarkib va murabbiylar uchun eng yuqori limit (bonuslar, komissiyalar, transferlar amortizatsiyasi va boshqalar) hamon "Real"da - 761 226 000 evro. O'tgan qishda bu ko'rsatkich "qaymoqranglilar"da 754 894 000 evroni tashkil etgandi.
O'z navbatida, "Barselona"ning xarajatlar limiti yarim yil ichida 463 642 ming evrodan 351 284 ming evroga tushdi.
"Atletiko"ning bu boradagi uchinchi natijasi - 314 281 000 evrodan 326 989 000 evroga o'sish.
100 mln va undan ko'proq mablag'ni "Vilyarreal" (173 084 000), "Sosedad" (128 259 000), "Atletik" (126 050 000) va "Betis" (125 946 000) klublari ham sarflash huquqiga ega.
Eng og'ir vaziyat hamon "Sevilya"da - 22 139 000 evro. Klubning limiti noyabr oyida qabul qilingan chora tufayli 684 ming evrodan oshdi, unga ko'ra La Liga klublari o'z aylanmasining kamida 30 foiziga ega bo'lishi kerak, ammo hali ham ligadagi eng past ko'rsatkich bo'lib qolmoqda.