La Liga klubiga yangi murabbiy tayinladi

"Real Sosedad" yangi bosh murabbiy - Pellegrino Mataratstsoni jamoa muxlislariga rasman tanishtirdi.
Italiyalik murabbiyning shartnomasi 2026/27 yilgi mavsum oxirigacha mo'ljallangan.
48 yoshli Mataratstso bu lavozimda Serxio Fransiskoning o'rnini egalladi. Mutaxassis avval Germaniyaning "Shtutgart" va "Xoffenxaym" klublarini boshqargan.
Ayni vaqtda "Real Sosedad" 17 ochko bilan Ispaniya chempionatida 16-o'rinda bormoqda. Mataratstso qo'l ostidagi ilk o'yinni basklar 4 yanvar kuni "Atletiko"ga qarshi o'tkazadi.