23 yoshli ukrainalik hujumchi Vladislav Vanat Kievning "Dinamo" klubini tark etib, faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Marca gazetasi xabar bermoqda.

Manbaning ma'lum qilishicha, futbolchini "Jirona" o'z safiga qo'shib olmoqchi. Ispan klubi Vanat uchun 15 million evro va yana ikki million evro bonus sifatida to'lashga tayyor. "Jirona" futbolchining o'zi bilan kelishib bo'lgan, klub "Dinamo" rahbariyati bilan transfer tafsilotlarini kelishib olishi qoldi.

Vanat Ukraina Premer-ligasining o'tgan mavsumida to'purarlar poygasida g'olib chiqqan edi. Hujumchi 28 ta o'yinda qatnashib, 17 ta gol va 4 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ygan.