La Liga klubi «Real Madrid» himoyachisini o'z safiga qo'shib olmoqchi

Madridning «Real» klubi markaziy himoyachisi Xoan Martines «Valensiya» qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.
18 yoshli futbolchi juda istiqbolli hisoblanadi, biroq «qaymoqranglilar»ning asosiy tarkibida hali debyut qilgani yo'q — u «Kastilya» (klubning ikkinchi jamoasi) safida tajriba to'plashda davom etmoqda. Marca nashri tarqatgan ma'lumotlarga ko'ra, «Valensiya» yosh ispaniyalikni keyingi mavsum oxirigacha ijaraga olishni rejalashtirmoqda.
E'tiborlisi, Xoan Martines o'z faoliyatini aynan Valensiya shahrida joylashgan «Levante» akademiyasida boshlagan. Yakunlangan mavsumda futbolchi «Real»ning ikkinchi jamoasi safida 33 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Transfermarkt portali markaziy himoyachining transfer bahosini 5 million evroga baholamoqda.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar