La Liga klubi "Barselona"ga Runining ijarasi bo'yicha murojaat qildi

"Barselona" o'ng qanot vingeri Runi Bardji yanvar oyida ijaraga yo'l olishi mumkin.
Relevo xabariga ko'ra, "Vilyarreal" 20 yoshli shvetsiyalik futbolchining ijarasi bo'yicha "ko'k-anorranglilar"ga murojaat qilgan.
Kataloniyaliklar sport direktori Deku ushbu kelishuvga qarshi emas. U transfer orqali Barji ligaga yanada yaxshiroq moslashib olishiga ishonmoqda.
Runi joriy mavsumda jami 11 ta o'yinda 264 daqiqa harakat qildi. U 1 ta gol va 2 ta assist muallifi bo'ldi.