La Liga grandi Kukurelya bo'yicha muzokaralar o'tkazadi

“Chelsi” va Ispaniya terma jamoasining chap qanot himoyachisi Mark Kukurelya Madridning “Atletiko” klubi qiziqishlar doirasida qolmoqda. “Matraschilar” anchadan beri 27 yoshli futbolchiga asosiy da'vogarlardan biri hisoblanadi. Mish-mishlarga ko'ra, “Chelsi” bilan evrokuboklardan quruq qolgan futbolchining o'zi ham vataniga qaytashni istamoqda.
Jurnalist Ben Jeykobsning bergan ma'lumotlariga ko'ra, “Atletiko” allaqachon “ko'klar” bilan futbolchining transferi bo'yicha muzokaralarni rejalashtirib qo'ygan.
Mark Kukurelyaga “Barselona” tomonidan ham qiziqish mavjud. Yaqinda bergan intervyusida ispaniyalik futbolchi “Atletiko” yoki “Barsa” lageriga o'tishi mumkinligi haqidagi savoldan qochib, aniq javob bermagan edi. Himoyachining “Chelsi” bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan.