«Barselona» 73 ochko jamg'argan holda Ispaniya chempionati turnir jadvalida birinchi o'rinda bormoqda. La Liganing 29-turida Xansi Flik jamoasi «Rayo Valekano» ustidan g'alaba qozondi (1:0).

Derbida «Atletiko»ni mag'lub etgan (3:2) «Real» esa kataloniyaliklardan 4 ochkoga ortda qolmoqda.

Turnir jadvalining uchinchi pog'onasini «Real Sosedad»ni mag'lub etgan (3:1) «Vilyarreal» (58 ochko) egallab turibdi. 57 ochko jamg'argan «Atletiko» esa kuchli to'rtlikni yakunlab bergan.