La Liga. "Barselona"ning "Real" bilan oradagi farqi 9 ochkoga etdi (Turnir jadvali)

"Barselona" La Liga chempionligi uchun kurashda Madridning "Real" klubi bilan oradagi farqni 9 ochkogacha oshirdi.
Xansi Flik shogirdlari 31-tur doirasida kechgan Kataloniya derbisida "Espanol"ni 4:1 hisobida mag'lub etishdi. "Qaymoqranglilar" esa kecha "Jirona" bilan bahsda ochko yo'qotib, 1:1 hisobidagi durang bilan kifoyalanishgan edi.
Hozirda "blaugrana" 79 ochko bilan Ispaniya chempionatida yakka peshqadamlik qilmoqda. "Real" hisobida esa 70 ochko mavjud. Mavsum yakuniga qadar har ikkala jamoa yana 7 tadan uchrashuv o'tkazadi.

Manba: www.stadion.uz.