Ispaniya chempionatining 18-turidan o'rin olgan "Espanol" - "Barselona" o'yinida "ko'k-anorranglilar" 2:0 hisobida g'alaba qozondi.

86-daqiqada yarim himoyachi Dani Olmo hisobni ochdi. Uchrashuv yakunida hujumchi Robert Levandovski mehmonlarning ikkinchi goliga mualliflik qildi. Ikkala golda ham yarim himoyachi Fermin Lopes golli uzatmani amalga oshirdi.

"Barselona" ochkolarini 49 taga etkazib, La Liga turnir jadvalida peshqadamlikni davom ettirmoqda. "Espanol" esa 33 ochko bilan 5-pog'onada bormoqda.

Espanol - Barselona - 0:2

4 yanvar, 01:00. RCDE Stadium

Gollar: Olmo, 86 (0:1). Levandovski, 90 (0:2)

Espanol: Dmitrovich, Kalero, Kabrera, Romero, El Xilali, Gonsales de Sarate, Pol Losano, Pere Milya (Terrats, 82), Dolan (Puado, 82), Eksposito (Karreras, 60), Fernandes (Kike Garsiya, 75)

Barselona: X. Garsiya, Kubarsi, Martin (Pedri, 64), Balde, Kunde, de Yong, E. Garsiya, Rafinya (Olmo, 64), Reshford (Fermin Lopes, 46), Yamal, Torres (Levandovski, 64)

Ogohlantirish: Pol Losano, 77

Manba: www.stadion.uz.
FIKRLAR

Kommentariyalar

0 ta fikr
Hozircha kommentariya yo‘q. Birinchi bo‘lib fikr bildiring.