La Liga oyning eng yaxshi murabbiyi sovriniga nomzodlar nomini e'lon qildi.

Avgust oyidagi sovrin uchun uch nafar mutaxassis kurash olib boradi.

Ernesto Valverde (“Atletik”) – 3 ta o'yin, 3 ta g'alaba, to'plar farqi – “+3”;

Xabi Alonso (“Real”) – 3 ta o'yin, 3 ta g'alaba, to'plar farqi – “+5”;

Manolo Gonsales (“Espanol”) – 3 uchrashuv, 2 g'alaba, 1 durang, to'plar farqi – “+2”.

Mukofot g'olibi muxlislar va mutaxassislar tomonidan o'tkazilgan ovoz berish natijalariga ko'ra aniqlanadi. Muxlislar 8 sentyabrgacha ovoz berishlari mumkin.