Ispaniya chempionatining 18-turida "Real Sosedad" o'z maydonida "Atletiko" bilan durang o'ynadi - 1:1.

O'yinning 50-daqiqasida mehmonlarning norvegiyalik hujumchisi Aleksandr Syorlot hisobni ochdi. Oradan 5 daqiqa o'tib mezbonlarning portugaliyalik forvardi Gonsalu Gedesh javob golini urdi.

45-daqiqada VAR ko'rigidan so'ng Syorlotning goli (ofsayd) bekor qilindi.

"Real Sosedad" 18 o'yinda 18 ochko to'plab, Ispaniya chempionati turnir jadvalida 15-o'rinda bormoqda. "Atletiko" (19 o'yindan keyin 38 ochko) to'rtinchi o'rinda bormoqda.

Real Sosedad - Atletiko - 1:1

Gollar: Syorlot, 50 (0:1). Gonsalu Gedesh, 55 (1:1)

Real Sosedad: Remiro, Chaleta-Tsar, Xon Martin, Gomes, Aramburu, Turrentes (Marin, 72), Soler, Gonsalu Gedesh (Barrenechea, 72), Kubo (Zaxaryan, 89), Oyyarsabal, Mendes (Oskarsson, 88)

Atletiko: Oblak, Gantsko, Pubil, Rudjeri (Le Norman, 46), Lorente, Koke (Raspadori, 72), Barrios (Gallaxer, 46), Baena (Kardozo, 60), Simeone, Syorlot, Alvares (Grizmann, 60)

Ogohlantirishlar: Gonsalu Gedesh, 13. Chaleta-Tsar, 45. Oyyarsabal, 75 - Rudjeri, 44. Raspadori, 78

Manba: www.stadion.uz.