"Atletiko" Ispaniya La Ligasining 5-turida "Malorka" mehmoni bo'ldi va 1:1 hisobida durang qayd etdi.

Uchrashuvning 14-daqiqasida madridliklar forvardi Xulian Alvares penaltidan unumli foydalana olmadi. Ikkinchi bo'limda Diego Simeone jamoasi bir kishi kam bo'lib qoldi - 73-daqiqada Aleksandr Serlot maydondan chetlatildi. Oradan olti daqiqa o'tib, Konor Gallaxer mehmonlarni oldinga olib chiqdi.

85-daqiqada Vedat Muriki tomonidan kiritilgan gol mezbonlarga durang keltirdi.

"Atletiko" (6) La Ligada 12-o'rinda bormoqda. "Malorka" (2) turnir jadvalida so'nggi pog'onadan oldingi 19-o'rinda bormoqda.

La Liga, 5-tur
Malorka - Atletiko - 1:1
21 sentyabr, yakshanba, 19:15

Gollar: Gallaxer, 79 (0:1). Muriki, 85 (1:1)

Foydalanilmagan penalti: Alvares, 14’

Malorka: Roman, Kumbulla (Pablo Torre, 36), Raylo, Valent, Moxika, Morey (Prats, 82), Morlanes (Virxili, 82), Koshta (Sanches, 67), Darder, Muriki, Asano (Domenek, 68)

Atletiko: Oblak, Langle, Le Norman, Gantsko, Lorente, Koke, Barrios (Gallaxer, 68), Gonsales (Rudjeri, 75), Simeone (Molina, 63), Alvares (Grizmann, 63), Raspadori (Serlot, 63)

Chetlatish: Serlot, 73

Manba: www.stadion.uz.