La Liga 1-turidan o'rin olgan «Real» va «Real Sosedad» o'rtasidagi uchrashuv qoldiriladi

La Liganing 1-turidan o'rin olgan va 16 avgustga belgilangan Madridning «Real» hamda «Real Sosedad» jamoalari o'rtasidagi o'yin boshqa muddatga qoldiriladi va shu oyning oxirida bo'lib o'tadi. Bunga «qaymoqranglilar»ning kamida bir nafar futbolchisi 2026 yilgi jahon chempionati yarim finalida ishtirok etishi sabab bo'ladi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, bundan oldin La Liga prezidenti Xaver Tebas jahon birinchiligining yarim finalida (14-15 iyul) kamida bir nafar futbolchisi o'ynaydigan barcha jamoalarning uchrashuvlari qoldirilishini ma'lum qilgan edi.
Musobaqaning 1/4 finalida Frantsiya va Marokash terma jamoalari o'zaro to'qnash kelishadi. «Uchranglilar» tarkibida «Real» futbolchilari bo'lgan Kilian Mbappe, Orelen Tchuameni va Ibraima Konate to'p tepadi. Marokashda esa Braim Dias mavjud.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar