L’Equipe: Pep Gvardiola mavsum yakunida "Manchester Siti"ni tark etadi

Xosep Gvardiola 2025/2026 yilgi mavsum yakunida «Manchester Siti» bosh murabbiyi lavozimini tark etishi ehtimoli juda yuqori. Bu haqda Transfer News Live nashri L’Equipe ma'lumotlariga tayanib xabar bermoqda.
Gvardiola ketganidan so'ng «Manchester Siti» boshqaruvi uchun asosiy nomzod sifatida Entso Mareska ko'rilmoqda. Ushbu mutaxassis 1 yanvar kuni «Chelsi»dan iste'foga chiqarilganidan beri ishsiz hisoblanadi. O'z vaqtida Mareska Gvardiolaning murabbiylar shtabida faoliyat yuritgan.
Xosep Gvardiola 2016/2017 yilgi mavsum boshidan buyon «Manchester Siti»ni boshqarib kelmoqda. Ispaniyalik mutaxassis qo'l ostida «shaharliklar» ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritishdi, jumladan, olti marta Premer-liga chempionligi va bir bor Chempionlar ligasi kubogiga ega chiqishdi.