L'Équipe: Mbappe Frantsiya terma jamoasining JCh uchun mukofot pullari bo'yicha muzokaralarida «qat'iy» pozitsiyada bo'lgan

Frantsiya terma jamoasi hujumchisi va sardori Kilian Mbappe 2026 yilgi jahon chempionati uchun ajratiladigan mukofot pullari hamda futbolchilar oilalari uchun belgilangan joylar masalasida Frantsiya futbol federatsiyasi (FFF) prezidenti Filipp Diallo bilan olib borilgan muzokaralarda juda qat'iy pozitsiya namoyon etgan. Bu haqda L'Équipe nashri xabar bermoqda.
Manba ma'lumotlariga ko'ra, Mbappe mazkur jarayonda haqiqiy etakchi sifatida harakat qilgan va Diallo bilan kelishuvga erishishga muvaffaq bo'lgan.
Frantsiya terma jamoasining ayrim futbolchilari mukofot pullarini olish istagi shaxsiy boyish maqsadi bilan bog'liq emasligini ta'kidlashgan. Ularning ayrimlari milliy jamoada olgan mablag'larini xayriya ishlariga yo'naltiradi yoki terma jamoa shtabi a'zolariga beradi. Chunki mazkur xodimlar uchun alohida mukofot to'lovlari nazarda tutilmagan.