L’Equipe 2025 yilning eng yaxshi futbolchilaridan iborat ramziy jamoani tuzdi

Frantsiyaning mashhur L’Equipe nashri 2025 yilning eng yaxshi futbolchilaridan tashkil topgan ramziy jamoani e'lon qildi. Unga «PSJ» klubidan birdaniga 8 nafar futbolchi kiritildi.
Darvozabon:
Janluidji Donnarumma («PSJ», «Manchester Siti»).
Himoyachilar:
Ashraf Hakimiy («PSJ»), Vilyam Pacho («PSJ»), Vilyam Saliba («Arsenal»), Nunu Mendesh («PSJ»).
Yarim himoyachilar:
Vitinya («PSJ»), Joau Nevesh («PSJ»).
Hujumchilar:
Lamin Yamal («Barselona»), Dezire Due («PSJ»), Usmon Dembele («PSJ»), Kilian Mbappe («Real» Madrid).
Bosh murabbiy:
Luis Enrike.
O'tgan mavsumda «PSJ» Chempionlar ligasi, Frantsiya chempionati, mamlakat kubogi va Superkubokni qo'lga kiritdi. Shuningdek, frantsuz grandi klublar o'rtasidagi jahon chempionati finaligacha etib bordi va UEFA Superkubogini ham yutdi.