Kyurasaolik 37 yoshli darvozabon Rom Ekvadorga qarshi o'yinda 15 ta seyv ijro etdi. Bu — JChning asosiy vaqtida 1966 yildan beri qayd etilgan mutlaq rekorddir

Kyurasao terma jamoasi darvozaboni Eloy Rom Jahon chempionatlarining asosiy vaqtida amalga oshirilgan seyvlar soni bo'yicha rekordni yangiladi.
37 yoshli posbon JCh-2026 guruh bosqichi 2-turidan o'rin olgan Ekvadorga qarshi uchrashuvda (0:0) o'z darvozasini 15 bor goldan qutqarib qoldi.
Bu 1966 yildan buyon Jahon chempionatlari tarixida qo'shimcha vaqtlar belgilanmagan (ya'ni 90 daqiqalik) o'yinlarda bir darvozabon tomonidan qayd etilgan eng yuqori ko'rsatkichdir.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar