Kyurasao terma jamoasi Jahon chempionatlari tarixidagi noyob rekordni yangiladi

Kyurasao milliy terma jamoasi futbol bo'yicha Jahon chempionatlari tarixidagi o'ziga xos noyob rekordni qayd etdi.
Mahalliy futbol federatsiyasining xabar berishicha, milliy terma jamoa mundiallar tarixida ishtirok etgan eng kam aholiga ega mamlakat sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi. Kyurasao aholisi ayni paytda bor-yo'g'i 156 ming kishini tashkil etadi.
Shimoliy Amerika yashil maydonlarida bo'lib o'tayotgan JCh-2026 guruh bosqichining dastlabki uchrashuvida Kyurasao terma jamoasi Germaniya milliy terma jamoasiga 1:7 hisobida yirik ravishda imkoniyatni boy berdi.
Dik Advokat shogirdlari turnirdagi navbatdagi uchrashuvini yakshanba kuni, 21 iyunda Ekvador terma jamoasiga qarshi o'tkazishadi.
Manba: Stadion.uz