Kyurasao terma jamoasi KONKAKAF mintaqasida JCh saralashi so'nggi tur o'yinida Yamayka bilan durang o'ynab (0:0), tarixida ilk bor Jahon chempionatiga yo'l oldi.

Aholisi 150–185 ming kishini tashkil etuvchi ushbu orol Jahon Chempionatida ishtirok etadigan eng kichik davlatga aylanadi.

Hozirda JCh-2026 ishtirokchilari soni 42 taga etdi. 5 dekabr kuni guruh bosqichiga qur'a tashlanadi.