"PSJ" hujumchisi Xvicha Kvaratsxeliya Chempionlar ligasi doirasidagi "Tottenxem"ga qarshi o'yin arafasida Parijdagi ilk mavsumi, pozitsiyasi va 26 noyabr, chorshanba kuni "shporlar"ga qarshi o'yinning ahamiyati haqida biroz gapirdi.

"PSJga kelishdan oldin hammasi osonroq bo'ladi deb o'ylagandim. Lekin bu juda qiyin - fizika, tezlik ko'p. Bu top-5 dagi eng yaxshi chempionatlardan biri. Bu erda oson deydiganlar yanglishadi.

Chapda o'ynashni yaxshi ko'rishimni hamma biladi. Ammo futbolda ba'zida o'zgarish kerak va ikkala qanotda ham o'ynay olish muhim. Menga o'ng tomonda qiyinroq, lekin umid qilamanki, tez orada chapda bo'lgani kabi o'ngda ham yaxshi o'ynay olaman", dedi Xvicha.