Kvaratsxeliya Shota Arveladzening rekordiga yaqinlashmoqda

Xvicha Kvaratsxeliya Gruziya terma jamoasi safida 20-golini urdi.
JCh-2026 saralashida Villi Sanol jamoasi o'z maydonida Bolgariyani tor-mor etdi (3:0). Uchrashuvning 30-daqiqasida Xvicha o'z golini urdi.
"PSJ" vakili Kvaratsxeliya 20 ta gol bilan Gruziya terma jamoasining eng yaxshi to'purarlari ro'yxatida uchinchi o'rinni egallab turibdi.
Undan oldinda bugun ham gol urgan Jorj Mikautadze (21 gol) va Shota Arveladze (26 gol) bormoqda.