Kvaratsxeliya Safonovning o'yiniga baho berdi

"PSJ" vingeri Xvicha Kvaratsxeliya rossiyalik darvozabon Matvey Safonovning o'yiniga baho berdi. Bir kun avval darvozabon "parijliklar" safida mavsumdagi ikkita debyut o'yinini o'tkazdi.
Frantsiya chempionati doirasida "PSJ" "Renn"ni mag'lub etdi (5:0), Chempionlar ligasida esa Bilbaoning "Atletik" klubi bilan durang o'ynadi (0:0). Har ikkala uchrashuvda ham Safonov o'z darvozasidan gol o'tkazmadi.
"Safonov ajoyib o'ynadi. U ikkala o'yinni ham yuqori saviyada o'tkazdi, ajoyib seyvlarni amalga oshirdi, to'p bilan yomon o'ynamadi, shuning uchun undan kelayotgan ishonchni his qilish mumkin. U shu ruhda davom etishi kerak", - dedi Kvaratsxeliya.