"PSJ" yulduzi Xvicha Kvaratsxeliyaning "Barselona"ga qarshi o'yindagi ishtiroki so'roq ostida turibdi.

RMC Sport xabariga ko'ra, gruziyalik vinger jamoasining bugungi mashg'ulotlarida ishtirok etmagan. U "Barsa"ga qarshi o'yinda katta ehtimol bilan asosiy tarkibda maydonga tushmaydi.

24 yoshli futbolchi joriy mavsumda 7 ta o'yinda 1 ta gol urishga erishdi.