Kvaratsxeliya: «Gol uramanmi yoki assist qayd etamanmi, men uchun farqi yo'q. Men jamoa uchun o'ynayman»

«PSJ» qanot hujumchisi Xvicha Kvaratsxeliya shaxsiy ko'rsatkichlaridan ko'ra jamoaviy muvaffaqiyatni ustun qo'yishini ta'kidladi.
30 may, shanba kuni Parij klubi Chempionlar ligasi g'olibiga aylandi. Finalda «PSJ» «Arsenal»ni mag'lub etdi (1:1, penaltilar bo'yicha 4:3). Asosiy vaqtda Kvaratsxeliya penalti ishladi va undan hujumchi Usmon Dembele unumli foydalandi.
«Hatto gol urmasam yoki golli uzatma bermasam ham, eng muhimi — jamoaga yordam berish... Buning menga farqi yo'q. Men doim jamoa uchun o'ynayman», — deya Kvaratsxeliyaning so'zlarini keltiradi insayder Fabritsio Romano o'zining X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida.
Joriy Chempionlar ligasi mavsumida gruziyalik hujumchi 16 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol va 7 ta golli uzatma muallifiga aylandi.