«PSJ» Chempionlar ligasi chorak finalining dastlabki bahsida «Liverpul»ni 2:0 hisobida mag'lub etdi. O'yindan so'ng parijliklarning hujumkor yarim himoyachisi Xvicha Kvaratsxeliya o'z fikrlarini bildirdi. Aynan u uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

«Bizda ko'proq gol urish imkoniyati bor edi. Ayrim vaziyatlardan unumliroq foydalanishimiz kerak edi. Ammo umuman olganda hammasi joyida, yaxshi o'yin o'tkazdik. Diqqatni jamlashda davom etishimiz lozim. «Enfild»dagi muhit aql bovar qilmas darajada bo'ladi. Biz tayyorgarlikni hozirdanoq boshlaymiz», — dedi Kvaratsxeliya Canal+ efirida.