Kvaratsxeliya Chempionlar ligasida mutlaq rekord o'rnatdi

Xvicha Kvaratsxeliya Chempionlar ligasi rekordini o'rnatdi.
Bugun «PSJ» vingeri «Bavariya» bilan o'yinning 3-daqiqasidayoq Usmon Dembelega golli uzatma etkazib berdi.
Gruziyalik futbolchi bir mavsum davomida EChL pley-off bosqichining qatorasiga ettita o'yinida samarali harakatlarni amalga oshirdi — bunday ko'rsatkichni ilgari hech kim qayd etmagan edi.
25 fevral kuni bo'lib o'tgan «Monako»ga qarshi javob uchrashuvidan boshlab, Kvaratsxeliya ettita gol urdi va uchta golli pasga mualliflik qildi.