Kvaratsxeliya: "Bavariya"ga qarshi o'yindan keyin o'zimizni tiklab olishimiz mumkin"

"PSJ" futbolchisi Xvicha Kvaratsxeliya 26 noyabr kuni bo'lib o'tadigan Chempionlar ligasi doirasidagi "Tottenxem"ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Tottenxem" yaxshi hujum qiladi va himoyalanadi. Superkubokda 0:2 hisobida yutqazib, ortga qaytdik. Oson o'yin bo'lmaydi. Bizni qiyin o'yin kutmoqda. Lekin o'zimizni yaxshi his qilyapmiz, haqiqatan ham tayyormiz. 4-turda "Bavariya"ga qarshi o'yin qiyin kechdi, ammo ikkinchi bo'limni yaxshiroq o'tkazdik, deb o'ylayman. Endi bizda ikkinchi imkoniyat, o'zimizni oqlash imkoniyati bor - g'alaba uchun hamma narsani qilishimiz kerak", - dedi Kvaratsxeliya.