Osiyo kubogi–2026 musobaqasiga tayyorgarlik doirasida O'zbekiston futzal terma jamoasi Kuvayt terma jamoasiga qarshi ikkita o'rtoqlik-nazorat uchrashuvi o'tkazadi.

Bugun tongda Kuvayt milliy terma jamoasi delegatsiyasi poytaxtimiz — Toshkent shahriga etib keldi. Mehmonlar Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportda kutib olinib, O'zbekiston futbol assosiatsiyasining Terma jamoalar markaziga joylashtirildi.

Rejaga muvofiq, bugun har ikki jamoa mashg'ulotlar o'tkazadi. O'rtoqlik-nazorat uchrashuvlari esa 16 hamda 18-yanvar kunlariga rejalashtirilgan bo'lib, tomonlarning o'zaro kelishuviga ko'ra yopiq tarzda o'tkaziladi.

Ma'lumot o'rnida:
27-yanvar — 7-fevral kunlari Indoneziyaning Jakarta shahrida bo'lib o'tadigan Osiyo kubogi final bosqichida O'zbekiston S guruhida Yaponiya, Avstraliya va Tojikiston terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi. Kuvayt terma jamoasi esa V guruhida Tailand, Vetnam va Livan jamoalari bilan kuch sinashadi.

Manba: https://t.me/Futsal_Uzbekistan