Kutilmagan burilish. Sebalos "Marsel"ga o'tishdan bosh tortdi

Dani Sebalos "Marsel"ga o'tishdan bosh tortdi.
Avvalroq, frantsuz klubi "Real" bilan 29 yoshli yarim himoyachining transferini kelishib olgani ma'lum bo'lgandi.
AS xabariga ko'ra, "Marsel" futbolchini 11+4 mln evroga majburiy sotib olish sharti bilan ijaraga olishni rejalashtirgan. Madridliklarni bu taklif qoniqtirdi, ammo futbolchining o'zi transferdan bosh tortdi.
Agar yaqin kunlarda "Real" va futbolchini qoniqtiradigan taklif tushmasa, Dani hozirgi jamoasida qoladi. Ta'kidlanishicha, "Betis" xavbekning qaytish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
Sebalos La Liganing o'tgan mavsumida 23 ta o'yinda maydonga tushgan.