Madridning «Real» klubi lazaretida bo'lib turgan belgiyalik darvozabon Tibo Kurtua jarohatidan tiklanishda davom etmoqda. O'tgan oyning o'rtalarida golkiper o'ng sonidan jarohat olgan edi.

The Athletic jurnalistlarining ma'lumotlariga ko'ra, yulduz futbolchi shu oyning oxirida maydonga qaytishi mumkin. Agar «qaymoqranglilar» evrokubokning ushbu bosqichiga yo'llanma olsalar, Kurtua UEFA Chempionlar ligasi yarim finalida ishtirok etishi ehtimoldan xoli emas.

Chorak finalning dastlabki uchrashuvida «qirollik klubi» o'z uyida Myunxenning «Bavariya» jamoasiga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Javob o'yini kelgusi hafta Germaniyada bo'lib o'tadi.