"PSJ" o'tgan yozda jamoani tark etgan Janluidji Donnarumma o'rniga "Lill"dan Lyuka Shevaleni sotib oldi. Yangi darvozabon parijliklar safida hozircha o'zini ko'rsata olmayapti. U 17 ta o'yinda 18 ta gol o'tkazib yubordi.

"Real"da darvozabonlar murabbiyi bo'lib ishlayotgan Terri Barni Shevale nima sababdan muammolarga duch kelayotganini tushuntirdi.

"Gap shundaki, Luis Enrike ancha yuqori himoya linyasida o'ynashni talab qilmoqda, bu esa xavfli. Muammolar shundan kelib chiqmoqda", - deya Barnerning so'zlarini keltiradi RMC Sport.