"Real" darvozaboni Tibo Kurtua Chempionlar ligasining "Yuventus"ga qarshi o'yinidan nimalar kutayotgani haqida gapirdi.

"Men bu ko'rsatkichga [klub uchun 300 o'yin] erishganimdan juda faxrlanaman. Biz Evropa futbolining grandi bilan o'ynaymiz. "Yuve" eng yaxshi holatda emas, ammo bu ularni yanada xavfliroq qiladi. O'yin qiyin kechadi. Biz kontsentratsiya chegarasida o'ynashimiz kerak", - dedi Kurtua matbuot anjumanida.

"Real" - "Yuventus" uchrashuvi 22 oktyabr kuni bo'lib o'tadi.