Kurtua yoki Kasilyas: Miyatovich "Real"ning eng yaxshi darvozabonini aytdi

Madridning "Real" klubi sobiq forvardi Predrag Miyatovich "qirollik klubi" darvozaboni Tibo Kurtuaning o'yin darajasi haqida fikr bildirdi. Kecha EChL doirasida "Yuventus"ga qarshi kechgan o'yin belgiyalik posbon uchun "qaymoqranglilar" safidagi 300-o'yin bo'ldi.
"Kurtua - "Real" tarixidagi eng yaxshi darvozabon, Kasilyasga bo'lgan ehtiromimga qaramay. Iker aqlbovar qilmas darvozabon edi," - deya serbiyalikning so'zlarini keltiradi Cadena Ser.
UEFA Chempionlar ligasi umumiy bosqich 3-turidan o'rin olgan o'yin o'z maydonida "Real"ning kichik 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
Eslatib o'tamiz, Kurtua 2018 yildan buyon Madrid grandi sharafini himoya qilib kelmoqda.