Kurtua "Real"ning "Liverpul"dan uchralgan mag'lubiyatidan keyin izoh berdi

Madridning "Real" klubi darvozaboni Tibo Kurtua Chempionlar ligasi doirasidagi "Liverpul"ga qarshi o'yindan so'ng o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
"Qaymoqranglilar" safarda kichik hisobda imkoniyatni boy berib qo'ydi. O'yindagi yagona gol 61-daqiqada Aleksis MakAllister tomonidan kiritildi.
"Haqiqatga tik qarash kerak - biz yaxshi o'ynamadik. Lekin hammasi joyida, xotirjamlikni saqlab, oldinga yurishimiz kerak. Mening seyvlarim? Qo'limdan kelganini qildim," - dedi jurnalistlar bilan suhbatda "qizillar"ning sakkizta zarbasini qaytargan Kurtua.
"Real" va "Liverpul" Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 4 turidan keyin to'qqiz ochkodan to'plagan.