Kurtua Mourino haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi

Madridning «Real» klubi darvozaboni Tibo Kurtua jamoaga qaytgan Joze Mourino haqida fikr bildirdi.
Belgiyalik posbon portugaliyalik mutaxassis bilan «Chelsi»dagi birgalikdagi faoliyati orqali yaxshi tanish.
«Mourino bilan munosabatlarim yaxshi, lekin mojarolar ham bo'lib turgan. Masalan, bir safar o'tgan o'yinda to'p bilan haddan tashqari tavakkal qilganim uchun u meni zaxiraga o'tqazib qo'ygandi. Shu tariqa u meni jahlimni chiqarmoqchi bo'lgan. Oradan bir hafta o'tib, men yana asosiy tarkibga qaytdim va "Vest Xem"ga qarshi bahsda besh-oltita seyv ijro etdim. Joze — xuddi men kabi juda to'g'ri so'z inson. Biz doim yaxshi til topishganmiz», — deya Kurtuaning so'zlarini keltiradi Ispaniya OAVlari.
Joze Mourinoning «Real» bilan imzolagan shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan.