Kurtua Madridning "Real" klubi uchun manfaatliroq moliyaviy takliflarni rad etdi

Belgiyalik darvozabon Tibo Kurtua Madridning "Real" klubida o'ynashda davom etish uchun moliyaviy jihatdan manfaatliroq bo'lgan takliflarni rad etishga qaror qildi. Bu haqda Diario AS nashri xabar bermoqda.
Kurtua 2018 yilning yozida "qaymoqranglilar" o'yinchisiga aylangan edi. Madridning "Real" klubi libosida belgiyalik posbon 14 ta sovrinni qo'lga kiritdi, shu jumladan ikki marta UEFA Chempionlar ligasi g'olibi bo'ldi. Joriy mavsumda Kurtua klub miqyosidagi barcha musobaqalarda sakkizta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan to'qqizta to'p o'tkazib yubordi.
Kommentariyalar