Belgiya terma jamoasi darvozaboni Tibo Kurtua JCh-2026 turnirida kim g'olib chiqishi haqidagi savolga javob berdi. U turnir taqdiri Ispaniya va Frantsiya o'rtasidagi yarim final juftligida hal bo'lishiga ishonmoqda. Ushbu qarama-qarshilik g'olibi finalga chiqadi va jahon kubogini qo'lga kiritadi.

«Ispaniya – Frantsiya juftligida kim g'olib chiqsa, o'sha jamoa jahon kubogini qo'lga kiritadi», — deya Kurtuaning so'zlaridan iqtibos keltiradi jurnalist Fabritsio Romano o'z ijtimoiy tarmoqlarida.

Ikkinchi yarim finalda Angliya – Norvegiya va Argentina – Shveytsariya juftliklari g'oliblari to'qnash kelishadi. JCh-2026 finali 19-iyul kuni bo'lib o'tadi.

Manba: Stadion.uz