Kurtua ham Alonsoga minnatdorchilik bildirdi

Xabi Alonso endi "Real" bosh murabbiyi emas. Dushanba kuni Madrid klubi mutaxassisning tomonlar roziligi bilan iste'foga chiqarilganini e'lon qildi. Bu xabarga "Real"ning asosiy darvozaboni Tibo Kurtua munosabat bildirdi.
- Hammasi uchun rahmat, Xabi Alonso. Siz bilan ishlash yoqimli bo'ldi. Men sizga kelajakda eng yaxshi narsalarni tilayman - siz bunga loyiqsiz," deb yozgan Kurtua.
"Real" Ispaniya Superkubogi finalida "Barselona"ga 2:3 hisobida mag'lub bo'lganidan keyin ertasi kuni Xabi Alonso bilan xayrlashdi.