Madridning "Real" klubi darvozaboni Tibo Kurtua hujumchi Kilian Mbappening kayfiyati qanday o'zgarganini aytib berdi.

Belgiyalik futbolchi klubga kelganidan keyin frantsuzning debyut mavsumi moslashuvga ketganini tan oldi, ammo endi u o'zini topdi va jamoa etakchisiga aylandi.

"Bu mavsumda Mbappening kayfiyati umuman boshqacha - u g'oliblik mentalitetini namoyish etmoqda. Uning etakchi ekanligi hammaga ko'rinib turibdi. O'tgan mavsumda u yangi jamoaga moslashish va maydondagi roli tufayli qiyinchiliklarga duch keldi, endi esa bizni o'z ortidan ergashtirmoqda," - deya Kurtuaning so'zlarini keltiradi Madrid Universal.

Yakshanba kuni "qaymoqranglilar" La Liganing 13-turida "Elche" mehmoni bo'ladi.