Kurtua: «Bu jahon chempionati men uchun oxirgisi bo'lishi mumkin»

Belgiya terma jamoasi va Madridning «Real» klubi darvozaboni Tibo Kurtua o'z kelajagi haqida fikr bildirdi.
34 yoshli belgiyaliklar etakchisi JCh-2026 guruh bosqichi ikkinchi turida Eronga qarshi o'yinda o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi, ammo bu g'alaba qozonishga yordam bermadi (0:0).
«Bu jahon chempionati men uchun oxirgisi bo'lishi mumkin. Men «Real»da yana to'rt-besh yil o'ynab, keyin faoliyatimni yakunlamoqchiman», — deya jurnalist Fabritsio Romano Kurtuaning so'zlarini keltiradi.
Belgiya terma jamoasi guruh bosqichining ikki turidan so'ng atigi ikki ochko jamg'ardi. So'nggi turda «qizil iblislar» Yangi Zelandiya bilan to'qnash kelishadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar